11:02 / 19.12.2025
1 756

Toshkent aeroportida odam savdosiga urinish to‘xtatildi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida odam savdosiga qarshi kurash doirasida tezkor tadbir o‘tkazildi. Natijada og‘ir jinoyatga chek qo‘yildi.

Ma’lum bo‘lishicha, poytaxtda istiqomat qiluvchi, 1998 yilda tug‘ilgan S.N. ikki nafar fuqaroni Tailand davlatiga fohishalik bilan shug‘ullanish maqsadida yuborayotgan vaqtida Toshkent xalqaro aeroportida qo‘lga olingan.

Tergov jarayonida ushbu jinoiy harakat hozirda Tailandda bo‘lib turgan, 2005 yilda tug‘ilgan F.A. tomonidan tashkillashtirilgani aniqlangan. Gumon qilinishicha, u chet eldan turib odam savdosi bilan bog‘liq harakatlarni muvofiqlashtirib kelgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi (“b”, “g”, “e”, “z” bandlari) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom этмоқда.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing