
Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Garri Keyn jismoniy holati va kelajagi haqida fikr bildirdi. Angliyalik forvard faoliyatidagi eng sermahsul mavsumlardan birini o'tkazmoqda: joriy mavsumdagi 24 uchrashuvda 29 gol urdi va jamoadoshlariga uch bor golli uzatma berdi.
“Men 32 yoshdaman. Bu yoshga yetganda odamlar tezlik pasaya boshlaydi, karyera yakuni yaqin, deb o'ylashadi.
Ammo o'zimni cho'qqida his qilyapman. Hatto yugurish ko'rsatkichlarimga qarasangiz ham, bu mavsum avvalgidan kam yugurmayapman.
Hozir kuch-quvvatim eng yuqori pallada, bu holat yana bir necha yil davom etadi. O'ylashimcha, hali uzoq o'ynay olaman, albatta futbolda hamma narsa juda tez o'zgarib ketishi mumkin”, dedi Keyn.
Keyn 2023 yildan buyon “Bavariya” sharafini himoya qilib kelmoqda.
Bavariya klubi, Garri Keyn, Angliyalik forvard, Jismoniy holat, Futbol faoliyati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fabio Kannavaro futboli haqida 5 mulohaza
Bugun, 25-dekabr Turkiston mustaqilligi uchun kurashchi, Turkiston muxtoriyati hukumati Bosh vaziri Mustafo Cho’qayning tavallud topgan kuni
«Oltin to'p»ga da'vo qilishi kutilayotgan olti faol futbolchi
«Oltin to'p»ga da'vo qilishi kutilayotgan olti faol futbolchi
Kelajakni o‘zgartiruvchi sun’iy idrok: uning insoniyatga foyda-ziyoni nimada?