12:13 / 19.12.2025
1 797
Xoselu Real Madrid o'yinlarini ko'rish qiyinligini aytdi

Madridning “Real” klubi sobiq hujumchisi Xoselu jamoa o'yinlarini hanuz kuzatib borishini ma'lum qildi. Ispaniyalik forvard 2024 yil yozida “qirollik klubi” safini tark etib, Qatarning “Al-Garafa” jamoasiga ko'chib o'tgan va hozir ham o'sha yerda to'p surmoqda.
“Real”ning o'yinlarini ko'ramanmi? Ha, doim.
Ammo bu men uchun juda qiyin, chunki bu yerda uchrashuvlar mahalliy vaqt bilan tungi birlarda yakunlanadi. Jamoani tomosha qilish, o'yinlarni muhokama qilish menga yoqadi.
Men futbolchilar va klub xodimlari bilan aloqani davom ettiryapman. Ba'zan o'zimni hanuz “Real”ning bir qismi bo'lib qolayotgandek his qilaman”, dedi Xoselu Diario AS nashriga bergan intervyusida.
Xoselu 2023/24 mavsumida “Real” bilan Chempionlar ligasi va La Liga chempionligini qo'lga kiritgan.
Real klubi, Xoselu futbolchi, Ispaniya futboli, Chempionlar ligasi, La Liga
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar