
Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 150 MVt quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Mazkur investitsiya loyihasini Xitoyning Eaglerise Development KH Company Limited kompaniyasi amalga oshiradi. Loyiha doirasida Mega Energy Power TECH nomli yangi firma tashkil etiladi.
Saqlash tizimidan tashqari, Zangiotada uni mamlakatning yagona elektr energiya tizimiga ulash uchun elektr uzatish liniyalari va podstansiya qurilishi ham ko‘zda tutilgan. Ushbu obyektlar foydalanishga topshirilgach, "O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatiga topshiriladi.
Qurilish-montaj va yer ishlari, shuningdek, binolar va inshootlar poydevorlarini loyihalash xalqaro standartlar asosida, tuzilgan shartnomalar shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Elektr energiyasi, Xitoy kompaniyasi, Milliy elektr tarmoqlari