13:24 / 18.12.2025
11 991

Uyquga berilgan haydovchi sabab fojiali YTH sodir bo‘ldi

Jizzax viloyatida yuk avtomobillari ishtirokidagi og‘ir yo‘l-transport hodisasi inson o‘limiga olib keldi. Fojea 17 dekabr kuni tungi soat 03:20 larda Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tuvchi «Toshkent–Termiz» avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqanddan Toshkent tomon dori-darmon mahsulotlarini tashib ketayotgan Isuzu rusumli yuk mashinasi oldindan harakatlanayotgan Howo yuk avtomobili tirkamasiga borib urilgan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, hodisaga Isuzu haydovchisining rulda uxlab qolishi sabab bo‘lgan.

To‘qnashuv oqibatida Isuzu haydovchisi, 1996 yilda tug‘ilgan Sh.M. og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan. Hozirda holat yuzasidan tegishli surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mutaxassislar haydovchilarni, ayniqsa tungi soatlarda, charchoq va uyquchanlik holatida rulga o‘tirmaslikka chaqirmoqda. Bir lahzalik bee’tiborlik og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin.


Jizzax viloyati, Yo‘l-transport hodisasi, Sharof Rashidov, Isuzu yuk, Howo avtomobili
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing