00:49 / 19.12.2025
2 158

Turkiya kubogi. «Bashakshehir» «Galatasaroy»ga yutqazdi

Turkiya kubogida guruh bosqichi qizg‘in pallaga kirib bormoqda. A guruhidagi navbatdagi uchrashuvda «Galatasaroy» o‘z maydonida «Istanbul Bashakshehir»ni qabul qilib, 1:0 hisobida muhim g‘alabaga erishdi.

Bahs taqdirini 22-daqiqada urilgan yagona gol hal qildi. Uchrashuvdagi yagona aniq zarba muallifi Kutuju bo‘lib, u jamoasiga uch ochko taqdim etdi. «Rams Park»da o‘tgan o‘yin davomida «sherlar» hisobni saqlab qolishga urindi va o‘z maqsadiga erishdi.

Mehmonlar safida O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushdi. U o‘yin davomida faol harakat qildi, biroq yaratilgan qulay imkoniyatlardan foydalana olmadi. 64-daqiqada murabbiylar qarori bilan u almashtirildi.

Yana bir hamyurtimiz — yarimhimoyachi Abbos Fayzullayev esa ikkinchi taymda, 63-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi. U qisqa vaqt ichida o‘yinni jonlantirishga urinib ko‘rdi, ammo «Bashakshehir» hisobni tenglashtira olmadi.

Turkiya kubogi. A guruhi. 1-tur

Galatasaroy — Bashakshehir 1:0

18 dekabr, «Rams Park»

Gol: Kutuju (22).

Galatasaroy — Guvench, Unyay, Bardakchi (Sanches, 46), Sara, Gundo‘g‘an (Torreyra, 46), Gurpuz (Akgun, 72), Ikardi, Karatash, Kutuju (Demir, 84), Sane (Yilmaz, 46), Shallai.

Bashakshehir — Shengezer, Brnich (Harit, 74), Gureler, Kalujinski, Bulut, da Koshta (Zelke, 74), Yildirim, O‘zdemir (Ergun, 63), Opoku, Shahiner (Fayzullayev, 63), Shomurodov (Ebosele, 64).

Ogohlantirishlar: Shallai (27), Kutuju (40), Unyay (78).

Shu tariqa, «Galatasaroy» Turkiya kubogini g‘alaba bilan boshlab, guruhda yaxshi start oldi. «Bashakshehir» esa keyingi turlarda yo‘qotilgan ochkolarni qoplashga harakat qiladi. O‘zbekistonlik futbolchilar uchun esa bu uchrashuv navbatdagi tajriba va o‘zini ko‘rsatish imkoniyati bo‘ldi

A guruhi jadvali:


Turkiya kubogi, Galatasaroy Bashakshehir, Eldor Shomurodov, Abbos Fayzullayev, A guruhi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing