
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yuk mashinasi va avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB axborot xizmati ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, YTH bugun, 13 dekabr kuni soat taxminan 16:30 larda Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tuvchi M-34 “Toshkent–Dushanbe” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. 1984-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi XCMG yuk mashinasi bir yo‘nalishda harakatlanayotgan Isuzu avtobusning orqa yon qismiga urilib ketgan.
YTH oqibatida avtobusda bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchiga tuman tibbiyot birlashmasida tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi ekani bildirildi.
Hozirda holat yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jizzaxdagi dahshatli avtohalokatda 5 kishi vafot etdi
M-39 yo‘lidagi halokat besh inson hayotiga nuqta qo‘ydi
Sirdaryoda to‘rt mashina to‘qnashdi, bir haydovchi jarohatlandi
Surxondaryoda 4 mashina to‘qnashdi: Isuzu, Jiguli va 2 ta Nexia
Jizzaxda Nexia va Kamaz to‘qnashuvi natijasida yosh yigit vafot etdi