
Transfermarkt mutaxassislari Saudiya Arabistoni Pro-ligasi klublarida to'p surayotgan futbolchilarning bozor qiymatini qayta ko'rib chiqdi. Yangilanish yakuniga ko'ra, «Al-Ittihod» hujumchisi Karim Benzema bahosidan 1 million yevro yo'qotdi.
2022 yilda «Oltin to'p» sohibi bo'lgan fransiyalik futbolchi endi 7 emas, 6 million yevroga baholanmoqda. Benzemaning so'nggi to'rtta qayta baholanishida qiymat izchil kamayib borgan: 10, 8, 7 va hozir 6 million yevro.
Bu, asosan, uning yoshi bilan bog'liq: Karim juma kuni 38 yoshni qarshi oladi. Benzemaning Transfermarkt'dagi eng yuqori bozor qiymati 2016–2017 yillarda qayd etilgan bo'lib, o'shanda u 60 million yevroga baholangan.
Saudiya Arabistoni, Pro-ligasi, Karim Benzema, Bozor qiymati, Oltin to'p
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Transfermarkt Karim Benzema narxini yana pasaytirdi
Al-Ittihodning g‘alabasi: Benzema va Alqaybari yetakchilikda
Benzema "Real"ning jamoaviy muammolari haqida fikr bildirdi
Benzemaning kelajagi qiziqish uyg‘otdi: “Al Ittihod”da noaniqlik...
APLda gigant baholar yana o‘zgardi, Holand tarixiy cho‘qqini zabt etdi