21:23 / 17.12.2025
1 850

Sergeli tumani hokimi lavozimiga Davron Ismatov tayinlandi


Toshkent shahrining Sergeli tumani hokimi lavozimiga Davron Ismatov tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

U ushbu lavozimda 2020 yildan beri faoliyat yuritgan Elbek Shukurovning o‘rnini egalladi. Davron Ismatov 1982 yilda Toshkentda tug‘ilgan.

U Toshkent moliya instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. 2024 yil fevral oyidan boshlab Toshkent shahridagi Markaziy bank bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.


Toshkent shahri, Sergeli tumani, Davron Ismatov, Elbek Shukurov, Davlat boshqaruvi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing