16:54 / 15.12.2025
2 700

Toshkentlik yerto‘lada qurol va o‘q-dorilar topdi


Toshkent shahrida yashovchi fuqaro yerto‘lada ta’mirlash ishlari davomida qurollar va o‘q-dorilarni topdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2 dekabr kuni erkak yerto‘lada qilichlar, xanjarlar, qurollar, granata, uning zapallari, detonator va boshqa o‘q-dorilarni topganini huquq-tartibot organlariga xabar qilgan. Tekshiruv davomida aniqlanishicha, ushbu qurol va o‘q-dorilar uy egasining otasiga tegishli bo‘lgan.

Marhum otasi ilgari Mudofaa vazirligida ishlagan. IIBB fuqarolarga qurol va o‘q-dorilarni ixtiyoriy ravishda topshirish jinoiy javobgarlikdan ozod etilishini eslatib o‘tdi.


Toshkent shahri, Fuqaro topilmasi, Qurol va o‘q-dorilar, Mudofaa vazirligi, Jinoiy javobgarlik
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing