19:20 / 15.12.2025
1 397

Muhammad bin Salmon “Barselona” uchun 10 milliard taklif qilmoqchi

Yevropa futbolida katta shov-shuvga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan xabar tarqaldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ispaniyaning mashhur “Barselona” klubini sotib olish niyatida.

Jurnalist Fransua Gallardoning ijtimoiy tarmoqlarda bildirishicha, valiahd shahzoda kataloniyaliklar klubi uchun 10 milliard yevro miqdorida ulkan taklif kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Oxu.Az nashri xabar tarqatgan.

Biroq, manbalarga ko‘ra, “Barselona” rahbariyati bunday oldi-sotdi bitimiga salbiy munosabatda bo‘lishi va uni to‘xtatib qolishi mumkin. Klub o‘z mustaqilligini saqlab qolish tarafdori ekani ta’kidlanmoqda.

Shu bilan birga, Goal nashri Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya jamg‘armasi klubni to‘liq sotib olish emas, balki uning ayrim tijorat bo‘linmalariga sarmoya kiritish variantlarini ham ko‘rib chiqayotganini yozmoqda.

Eslatib o‘tish joiz, ayni paytda “Barselona”ning umumiy qarzdorligi 2,5 milliard yevroga yaqinlashgan. Shu sababli klub atrofidagi har qanday yirik moliyaviy taklif futbol olamida jiddiy muhokamalarga sabab bo‘lyapti.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing