20:06 / 15.12.2025
1 632

Folbinga aldangan ayol qabristonda 43 ming dollar yo‘qotdi

Qirg‘izistonda ishonch va soddalik qimmatga tushdi. Bir ayol o‘z biznesiga “yo‘l ochish” umidida folbin maslahatiga ishonib, 43 ming AQSH dollarini qabristonlarga ko‘mib yubordi. Bu haqda Caravan info xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O.G. ismli fuqaro ichki ishlar organlariga murojaat qilib, may oyidan oktyabr oxirigacha o‘zini folbin sifatida tanishtirgan ayol uni turli “marosimlar” orqali ishontirganini aytgan. Gumonlanuvchi “biznesga omad keltirish” bahonasida pullarni qabristonga qoldirishni, ip, igna va boshqa “sehrli buyumlar”dan foydalanishni talab qilgan.

Natijada ishonchni suiiste’mol qilgan holda katta miqdordagi mablag‘ni qo‘lga kiritib, yashiringan. Bishkek shahri Birinchi may tumani IIB xodimlari 2000 yilda tug‘ilgan M.K. ismli ayolni qo‘lga oldi. U vaqtincha saqlash izolatoriga joylashtirilgan.

Holat yuzasidan Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 209-moddasi — firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Qisqasi, “sehr”ga ishonish — pulni shamolga sovurish bilan barobar. Omad emas, hushyorlik ishlaydi.


Qirg‘iziston, Firibgarlik holati, Bishkek shahri, Jinoyat kodeksi, Biznes ishonchi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing