19:30 / 13.12.2025
5 989

Toshkentda Yangi yil sababli ba’zi ko‘chalar yopiladi

Toshkent shahrida Yangi yil bayrami tadbirlari munosabati bilan vaqtinchalik transport harakati cheklanadi. 15 dekabrdan 2026 yil 15 yanvargacha O‘zbekiston Milliy kutubxonasi oldidagi maydon hududida transport harakati to‘xtatiladi.

Ushbu davrda Zarafshon ko‘chasining Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi nazorat punkti bilan Matbuotchilar ko‘chasi oralig‘idagi qismi, Istiqbol ko‘chasining Amir Temur shoh ko‘chasi va Buyuk Turon ko‘chasi oralig‘idagi qismi, shuningdek, Buyuk Turon ko‘chasining Istiqbol ko‘chasidan Yoshlar ijodiyoti saroyigacha bo‘lgan qismi yopiladi.

17 dekabrdan 2026 yil 5 yanvargacha Taras Shevchenko ko‘chasida ham cheklovlar kiritiladi.

Bu davrda Fidokor ko‘chasidan Nukus ko‘chasigacha bo‘lgan qism, shuningdek, Said Barak ko‘chasining Oybek ko‘chasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismi yopiladi.


Toshkent shahri, Yangi yil, Transport harakati, Milliy kutubxona, Amir Temur
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing