01:08 / 14.12.2025
2 483

Ris Jeyms 2023 yildan beri ilk bor uch o'yinni to'liq o'ynadi


Londonning “Chelsi” klubi himoyachisi Ris Jeyms Angliya Premyer-ligasining 16-turida “Everton”ga qarshi uchrashuvda shaxsiy yutug'ini qayd etdi. U 2023 yildan beri ilk marta ketma-ket uchta o'yinda ham maydonni tark etmadi.

Avvalroq Jeyms “Arsenal” va “Bornmut”ga qarshi bahslarda ham to'liq 90 daqiqani o'ynagan edi. Ushbu uch o'yinda “Chelsi” ikki bor durang qayd etdi va bir g'alabaga erishdi.

“Everton” bilan uchrashuv 2:0 hisobida londonliklar foydasiga yakunlandi. Gollarga Koul Palmer va Malo Gyusto mualliflik qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 2025/2026 yilgi mavsumda Jeyms 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.

Uning transfer qiymati 50 million yevroga baholanmoqda.
Ris Jeyms, Angliya Premyer-ligasi, Chelsi klubi, Everton uchrashuvi, Transfer qiymati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing