Rossiyada zo‘ravonlik va majburiy mehnatga uchragan o‘zbekistonliklarga bepul yordam ko‘rsatiladi

Rossiya Federatsiyasida ishlayotib, moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan, turar joysiz qolgan, majburiy mehnat yoki zo‘ravonlikka uchragan O‘zbekiston fuqarolariga bepul yordam ko‘rsatiladi. Bu haqda Migratsiya agentligi rasmiy xabar berdi. Agentlikning ta'kidlashicha, ushbu yordam Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklar uchun juda muhim, chunki ko‘plab migrantlar moliyaviy yoki ijtimoiy qiyinchiliklarga duch kelganda, ular o‘z yurtlariga qaytish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi.
Moskvada va Moskva viloyatida jami 15 ta xostel va mehmonxona bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi. Bu shartnomalar asosida, yordam so‘ragan fuqarolarga 30 kungacha bepul yotoq joyi ajratiladi. Murojaat qilganlarga nafaqat yashash joyi, balki asosiy ehtiyojlarni qondirish uchun yordam ko‘rsatiladi. Rossiyada ishlab, yashash joyini yo‘qotgan va og‘ir sharoitda qolgan fuqarolar uchun bu imkoniyat juda katta yordam bo‘ladi.