00:23 / 14.12.2025
3 527

“Fulhem” “Bernli” maydonida uch gol urib g‘alaba qozondi


Angliya Premyer-ligasining 16-turida “Bernli” o‘z maydonida “Fulhem”ni qabul qildi va 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuv statistikasi bo‘yicha mezbonlar ko‘plab asosiy ko‘rsatkichlarda raqibdan ustun bo‘ldi, biroq “Fulhem” darvoza sohasiga yo‘llagan uch zarbasining barchasini golga aylantirdi.

9-daqiqada “Fulhem” burchak to‘pidan keyin Emil Smit-Rouning boshi bilan yo‘llagan zarbasi evaziga hisobni ochdi. 21-daqiqada “Bernli” Josh Kallen uzatmasidan so‘ng Lesli Uguchukvuning aniq zarbasi bilan javob qaytardi.

31-daqiqada esa “Fulhem” yana standart vaziyatdan unumli foydalanib, bu safar Kalvin Bassi bosh bilan gol urdi. Ikkinchi bo‘limda, 58-daqiqada Garri Uilson mehmonlar ustunligini oshirdi.

O‘yin yakuniga yaqin, 86-daqiqada Oliver Sonne gol urib, intriga qaytardi, biroq “Bernli” qolgan daqiqalarda hisobni tenglashtira olmadi. Mazkur g‘alabadan so‘ng “Fulhem” 20 ochko bilan 13-o‘ringa ko‘tarildi.

“Bernli” esa ikki baravar kam, ya’ni 10 ochko bilan turnir jadvalida so‘ngidan birinchi pog‘onada qoldi.
Angliya Premyer-ligasi, Fulhem jamoasi, Bernli jamoasi, O'yin natijasi, Turnir jadvali
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing