10:47 / 01.12.2025
246 166
Surxondaryoda 4 mashina to‘qnashdi: Isuzu, Jiguli va 2 ta Nexia

30-noyabr kuni soat 13:45 da Surxondaryo viloyati Mirzaobod tumanida to'rt avtomobil ishtirokida yo'l-transport hodisasi sodir bo'ldi. Bu haqda Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Hodisa «Dushanbe-Toshkent» xalqaro avtomobil yo'lining M-34 qismida yuz bergan. Isuzu avtomobili harakatlanayotgan «VAZ-2101» va ikki Nexia-3 avtomobili bilan to'qnashgan.
Oqibatda «VAZ-2101» haydovchisi tibbiy yordam uchun murojaat qilgan. Voqea yuzasidan Mirzaobod tuman ichki ishlar bo'limi surishtiruv ishlarini boshladi.
Surxondaryo viloyati YHXB barcha haydovchilarni yo'l harakati qoidalariga qat'iy rioya qilishga chaqirmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing