
O‘zbekistonlik bloger Saidzam Rizaev mashhur amerikalik aktyor Uill Smitga milliy chopon va do‘ppi sovg‘a qildi. Bundan tashqari, Rizaev Gollivud yulduzini O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif etdi.
Blogerning ta’kidlashicha, milliy kiyim aktyorga juda mos tushgan. Uill Smit esa do‘ppini qanday to‘g‘ri kiyish haqida qiziqib so‘radi.
“Bu juda ajoyib”, — dedi aktyor sovg‘ani qabul qilarkan. Uill Smit 1968-yil 25-sentabrda tug‘ilgan.
U aktyorlik faoliyatini 1990-yilda “Beverli-Xillz shahzodasi” serialida boshlagan. Shuningdek, “Yomon yigitlar”, “Qora kiyimlilar”, “Xenkok” kabi jangovar filmlarda rol o‘ynagan.
2022-yilda Smit “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan. Aktyorlikdan tashqari, Smit rep ijrochisi sifatida ham tanilgan.
U 1989 va 1992-yillarda ikki marta “Gremmi” mukofoti bilan taqdirlangan.
Uill Smit, Saidzam Rizaev, Milliy Kiyim, Gollivud Yulduzi, Oskar Mukofoti
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing