15:02 / 21.12.2025
1 804

Qozog‘iston Yaponiyaga ot go‘shtini eksport qiladi

Qozog‘iston Yaponiyaga ot go‘shti va undan tayyorlanadigan mahsulotlar eksport qilish yo‘lida muhim qadam tashladi. Qozog‘istonning “Zhabyak LLP” hamda Yaponiyaning “Senko Farm” kompaniyalari ushbu yo‘nalishda hamkorlik memorandumini imzoladi.

Ma’lum qilinishicha, loyiha ustida bir necha yil davomida ish olib borilgan. Tomonlar ishlab chiqarish jarayonlarini Yaponiya bozorining qat’iy veterinariya va sanitariya talablariga moslashtirish, barcha zarur ruxsatnoma va sertifikatlarni olishga erishgan.

Kazakh Invest'ga ko‘ra, mazkur hamkorlik yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarni yetkazib berishga xizmat qiladi. Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, memorandum Qozog‘iston ot go‘shti uchun dunyoning eng talabchan bozorlaridan biriga yo‘l ochib, mahsulot sifati va raqobatbardoshligini tasdiqlaydi.


Qozog‘iston Yaponiyaga, Ot go‘shti, Eksport qilish, Veterinariya talablar, Qo‘shimcha qiymat
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing