15:06 / 15.12.2025
5 700

O‘zbekiston sanoat sektori 76,2 trln so‘m soliq to‘ladi


2025 yil yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistondagi 60,5 ming sanoat korxonasi jami 76,2 trillion so‘m soliq to‘ladi. Mazkur summaning 15,9 trillion so‘mini 20 ta yirik korxona ta’minlagan.

Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi ma’lum qildi. Eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar uchligidan “O‘zbekneftgaz” (3 trillion so‘m), “Uzbat” (2,4 trillion so‘m) va “UzAuto Motors” (1,6 trillion so‘m) o‘rin oldi.

Davlat byudjetiga tushumlarning asosiy qismini qo‘shilgan qiymat solig‘i (4,9 trillion so‘m), aksiz solig‘i (4 trillion so‘m) va foyda solig‘i (2,2 trillion so‘m) tashkil etdi. Umuman olganda, hisobot davrida sanoat sohasidagi 60 525 ta yuridik shaxs soliq to‘lagan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing