22:25 / 18.11.2025
1 684

Gvardiola hujumchi holatidan norozi

Gvardiola hujumchi holatidan norozi
Manchester Siti bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hujumchi bilan bogʻliq vaziyatdan norozi. Transfer News Live nashrining Bildga asoslangan xabariga koʻra, Gvardiola Bayyer Kluadio Echeverriga koʻproq oʻyin vaqti beradi va futbolchi ijarada oʻz oʻyinini yaxshilaydi, deb kutgandi.

Biroq, 19 yoshli hujumchi juda kam oʻynamoqda. Kluadio Echeverri Bayyer safida bu mavsumda bor-yoʻgʻi 8 ta oʻyinda qatnashib, maydonda atigi 240 daqiqa vaqt oʻtkazdi.

U faqat uchta oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushgan. Taʼkidlash joiz, Bayyer Germaniya chempionati turnir jadvalida hozirda beshinchi oʻrinda joylashgan.

Manchester Siti, Xosep Gvardiola, Bayyer Kluadio, Germaniya Chempionati, Transfer Yangiliklari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing