11:54 / 18.11.2025
2 658
O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib beradi

O‘zbekiston kelgusi yilda Afg‘onistonga elektr energiyasi eksportini davom ettiradi. Tegishli kelishuv 17-noyabr kuni Toshkentda imzolandi.
Bundan tashqari, o‘zbekistonlik va afg‘onistonlik vakillar Afg‘onistonda elektr uzatish liniyalari va podstansiyalar qurilishi hamda ularning barpo etilishi ishlarini tezlashtirish masalalarini muhokama qilishdi. Joriy yilning to‘qqiz oyi davomida O‘zbekiston xorijga jami 114,8 million AQSh dollari qiymatida elektr energiyasi yetkazib berdi.
O‘tgan yilga nisbatan o‘sish 55,1 foizni tashkil etdi. Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentabr oyi boshida Toshkent va Kobul Afg‘oniston energetikasiga investitsiya kiritish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi.
Ushbu loyiha doirasida O‘zbekiston elektr uzatish liniyalari va infratuzilma qurilishi uchun 250 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratishni rejalashtirgan. Loyihani 2027-yilning birinchi choragigacha yakunlash ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Energetikasi, Elektr Energiya, Afg‘oniston Loyihasi, Xalqaro Hamkorlik, Infratuzilma Qurilishi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy Pokiston-Afg‘oniston munosabatlarini diplomatik sinovlar fonida kuzatmoqda
O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr eksportini tikladi
O‘zbekiston AQSh iqtisodiyotiga $100 milliard kiritadimi?
Kelajakni o‘zgartiruvchi sun’iy idrok: uning insoniyatga foyda-ziyoni nimada?
Sibir suvini O‘zbekistonga yo‘naltirish loyihasi yangidan ko‘rib chiqilmoqda