18:19 / 20.12.2025
5 397

Metroda pichoqlash hujumi: uch kishi halok bo‘ldi

Tayvan poytaxti Taipei shahrida yuz bergan pichoqlash hujumida kamida uch kishi halok bo‘ldi, to‘qqiz kishi jarohat oldi. Hujumchi 27 yoshli Chang Ven avval markaziy metro stansiyasida tutun bombalari ishlatgan, so‘ng yaqin atrofdagi boshqa stansiyaga yugurib odamlarni pichoqlagan.

Hujumchi so‘ngra ko‘p qavatli binodan tushib ketib vafot etgan. Hujumning sababi hozircha noma’lum. Tayvan poytaxtida shunday hujumlar kam uchraydi. Oxirgi shunga o‘xshash voqea 2014-yilda ro‘y bergan edi.

Hujum mahalliy vaqt bilan soat 17:20 atrofida, shahar markazidagi gavjum paytda sodir bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda odamlar vahimaga tushib qochayotgani, hujumchi esa katta pichoq bilan harakatlanayotgani ko‘rinadi.

Tayvan bosh vaziri Cho Jung-tai metro va temiryo‘l stantsiyalari hamda aeroportlarda xavfsizlikni kuchaytirishni buyurdi. Prezident Uilyam Lay ham tezkor tergov o‘tkazilishini va’da qildi. Tegishli organlar hujumchining motivlarini va boshqa mumkin bo‘lgan aloqalarini tekshirmoqda.


Tayvan poytaxti, Taipei shahri, Chang Ven, Metro hujumi, Uilyam Lay
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing