23:56 / 20.12.2025
2 231

Matvey Safonov Rossiyalik muxlislarga minnatdorlik bildirdi

PSJ darvozaboni Matvey Safonov yana bir bayonot bilan chiqdi. Futbolchi Rossiyadagi muxlislarga murojaat qilib, qo‘llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Safonov: «Hammaga salom! So‘nggi ikki kun ichida juda ko‘p xabar oldim. Yordamingiz va qo‘llab-quvvatlovingiz uchun katta rahmat. Aynan shu narsa meni to‘xtamasdan, oldinga intilishga undaydi.

Bu bayramni nafaqat PSJ, balki mamlakatimiz uchun ham taqdim eta olganimdan juda xursandman. Yana bir bor rahmat, Rossiya terma jamoasi o‘yinlarida ko‘rishguncha», dedi.

Ushbu video Rossiya futbol ittifoqi matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi. Eslatib o‘tamiz, chorshanba kuni Safonov Qit’alararo kubok finalida «Flamengo»ga qarshi uchrashuvdan keyingi penaltilar seriyasida to‘rtta zarbani qaytardi va PSJning g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

Juma kuni esa darvozabon o‘yin davomida qo‘l suyagi sinib qolgani ma’lum bo‘ldi.


Matvey Safonov, Rossiya terma, PSJ darvozaboni, Qit’alararo kubok, Rossiya futbol
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing