
Kilian Mbappe 27 yoshini nishonlamoqda. Hozirda Madridning “Real” klubida to'p surayotgan hujumchini tug'ilgan kuni munosabati bilan uning sobiq jamoasi “Pari Sen-Jermen” hamda Fransiya terma jamoasi tabrikladi.
Parij klubi futbolchini ijtimoiy tarmoqlar orqali qisqa tabrik bilan qutladi: “Mbappe 27 yoshini nishonlamoqda. Tug'ilgan kuning bilan, Kilian!” Fransiya milliy jamoasi ham o'z sardorining terma jamoadagi yutuqlarini eslatib o'tdi.
Qayd etilishicha, Mbappening milliy jamoadagi statistikasi salmoqli: u deyarli 100 uchrashuvda maydonga tushgan va yuqori samaradorlik ko'rsatgan. Ayni paytda “Real” La Liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
Kechqurun madridliklar “Sevilya”ga qarshi bahs o'tkazadi va bu o'yin jamoa uchun 2025 yildagi so'nggi uchrashuv bo'ladi.
Kilian Mbappe, Real klubi, Pari Sen-Jermen, Fransiya terma, La Liga