23:30 / 20.12.2025
2 298

Flik Frenki de Yongning tarkibdagi holati haqida gapirdi


“Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik yarim himoyachi Frenki de Yongning jamoa tarkibidagi holati yuzasidan fikr bildirdi. Niderlandiyalik futbolchi so'nggi paytlarda “ko'k-anorranglilar”ning asosiy tarkibidagi barqaror o'rnini yo'qotgan.

Jurnalistlar Flikdan: “De Yong yana asosiy tarkib futbolchisiga aylanishi uchun unga nima yetishmayapti?” deb so'rashdi. Mutaxassisning ta'kidlashicha, u uchun jamoada nazorat va barqarorlik muhim.

Flik so'nggi uchrashuvlarda tayanch yarim himoyachi (“oltinchi raqam”) pozitsiyasida Erik Garsiya o'ynaganida aynan shunday muvozanat kuzatilganini aytdi. Uning so'zlariga ko'ra, De Yong ham buni tushunadi.

Flik De Yongni “Barselona” uchun juda muhim va fantastyik futbolchi deb atadi. Murabbiy tarkibda sifat va raqobat bo'lishi barcha o'yinchilarning maksimal darajada harakat qilishiga yordam berishini qo'shimcha qildi.

U jamoada barchaning tayyorligi va kayfiyati to'g'ri ekanini, shuningdek, jamoa salohiyatiga ishonishini ta'kidladi. “Barselona” 21 dekabr, yakshanba kuni safarda “Vilyarreal”ga qarshi maydonga tushadi.


Barselona klubi, Hans-Diter Flik, Frenki de Yong, Niderlandiyalik futbolchi, Jamoa tarkibi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing