23:00 / 15.12.2025
13 621
77 yoshli rossiyalik ayol "Yilning eng yaxshi o‘yin momenti" sovrinini yutdi

77 yoshli rossiyalik Olga xalqaro NNYS mukofotining "Yilning eng yaxshi o‘yin momenti" nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Shot Telegram kanali xabar berdi.
Nafaqaxo‘r ayol o‘zining Counter-Strike 2 o‘yinidagi jonli efirlari va mahorati bilan tomoshabinlarni o‘ziga jalb qilgan. Ayniqsa, uning bir raundda raqib jamoani yakka holda mag‘lub etgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, dunyo bo‘ylab geymerlar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.
Ushbu muvaffaqiyati unga nufuzli mukofotni olib keldi.
Olga Ivanovna, Xalqaro mukofot, Yilning momenti, Counter-Strike, Ijtimoiy tarmoqlar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar