11:38 / 04.12.2025
232 419

Tailandda kunduzi spirtli ichimliklar sotishga ruxsat berildi


Tailand hukumati kunduzi spirtli ichimliklar savdosiga qo'yilgan taqiqni bekor qildi. Endilikda spirtli ichimliklarni soat 14:00 dan 17:00 gacha sotish mumkin. Bu haqda Thai PBS xabar berdi. Mazkur qaror 3-dekabrdan kuchga kirdi va 180 kun davomida amal qiladi. 

Ushbu davr yakuniga yetganidan so'ng, hukumat qarorning natijalarini tahlil qiladi. Shunga qaramasdan, avvalgi savdo soatlari, ya'ni 11:00 dan 14:00 gacha va 17:00 dan 00:00 gacha o'zgarishsiz qoladi.

2025-yilning dastlabki o'n oyida Tailandga O'zbekistondan 230,8 ming nafar fuqaro tashrif buyurdi. Turistik maqsadda xorijga chiqqan o'zbekistonliklar soni o'tgan yilga nisbatan 24,7 foizga oshgan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing