16:05 / 03.12.2025
196 035

O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–oktabr oylarida qariyb 6,4 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan deyarli 1,3 mln nafarga (+24,7%) oshgan.

2025 yilning 10 oyi davomida o‘zbekistonliklar eng ko‘p borgan TOP-10 davlat:

1. Qirg‘iziston — 2,8 mln nafar;

2. Qozog‘iston — 1,2 mln nafar;

3. Tojikiston — 1,1 mln nafar;

4. Rossiya — 370,1 ming nafar;

5. Saudiya Arabistoni — 237,1 ming nafar;

6. Turkiya — 230,8 ming nafar;

7. BAA — 114,1 ming nafar;

8. Misr — 56,2 ming nafar;

9. Xitoy — 39,6 ming nafar;

10. Vyetnam — 32,8 ming nafar.

Boshqa davlatlar — 204,1 ming nafar.


Milliy Statistika, Turistik Safarlar, O‘zbekiston Fuqarolari, Eng Ko‘p, Chet El
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing