18:16 / 22.11.2025
510 307

Туркияда аёллар суратига лайк босган эркак жазоланди

Turkiyada ijtimoiy tarmoqlarda begona ayollarning suratiga layk bosgan erkak sud tomonidan aybdor deb topildi. Bu haqda “Habertürk” yozdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, er-xotin o‘rtasidagi mojarolar kuchaygach, juftlik ajrashish uchun sudga murojaat qilgan. Ayolning ta’kidlashicha, turmush o‘rtog‘i uni tahqirlagan, moddiy yordam bermagan va ijtimoiy tarmoqlarda boshqa ayollarning postlarini layklab, oilaviy sadoqatni buzgan.

Sud bu ayblovlarni tasdiqlab, erkakni aybdor deb topgan. U sobiq xotiniga 500 ming lira miqdorida ma’naviy zarar to‘lashga hamda oyma-oy aliment to‘lashga majbur etilgan.

Hukmda qayd etilishicha, bu qaror pretsedent sifatida xizmat qiladi va kelgusida o‘xshash ishlarni ko‘rib chiqishda ham qo‘llanilishi mumkin.


Ijtimoiy Tarmoqlar, Oilaviy Sadoqat, Sud Qarori, Ma’naviy Zarar, Pretsedent Holat
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing