15:40 / 12.11.2025
39 144

Samarqandlik ayol erini qamoqdan qutqarish uchun alimentni o‘zi to‘ladi

Samarqand viloyatida ayol tomonidan qilingan hayratlanarli va mehrli harakat jamoatchilik diqqatini tortdi.

Pastdarg‘om tumanida istiqomat qiluvchi ayol turmush o‘rtog‘ini aliment to‘lamasligi uchun sudga bergan edi. Ammo keyinchalik u o‘z fikrini o‘zgartirib, sudga murojaat qilib, erini ozod qilishni so‘radi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, juftlik aslida bir uyda yashab, farzandlarini birgalikda tarbiyalab kelgan. Biroq rasmiy hujjatlarda erkak aliment to‘lovchi sifatida ro‘yxatda qolgan.

Oilaviy kelishmovchiliklar sababli erkakka 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Bir necha kun o‘tib, turmush o‘rtoqsiz ro‘zg‘or yuritish qiyinligini anglagan ayol qarzni o‘zi to‘lab bergan va beshinchi kuniyoq sudga ariza bilan murojaat qilgan.

Sud ayolning iltimosini ko‘rib chiqib, uning mehr va hamdardlik bilan bildirgan so‘rovini inobatga olgan holda erkakni muddatidan avval ozodlikka chiqargan.

Bu voqea oilaviy munosabatlarda kechirim va birdamlikning naqadar muhim ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.


Samarqand Viloyati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing