
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin qo‘poruvchilikka qarshi javobgarlikni yanada kuchaytiruvchi yangi qonunni imzoladi. Bu haqda BBC xabar tarqatdi.
Hujjatga muvofiq, endilikda qo‘poruvchilikka oid jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik 14 yoshdan boshlanadi. Shuningdek, voyaga yetmaganlarni bunday harakatlarga undash yoki jalb qilish umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosini ko‘zda tutadi.
Manba yozishicha, o‘zgarishlar qo‘poruvchilik bo‘yicha jazolarni Rossiyaning terrorizmga oid qonunchiligiga tenglashtiradi. Ya’ni shartli jazo belgilash imkoniyati bekor qilindi, jazo muddati eng past chegaradan kam qo‘llanilmaydi va maxkum o‘z jazosining kamida 75 foizini o‘tamasdan turib shartli ravishda ozod qilina olmaydi.
Yangi qonun mamlakatda bu turdagi jinoyatlarga qarshi kurashni yanada qat’iylashtirishni maqsad qiladi.
Rossiya Prezidenti, Yangi Qonun, Jinoyat Javobgarligi, Terrorizm Qonunchiligi, Umrbod Ozodlik