08:41 / 22.12.2025
1 732

Jerar Martin Barselonaning Chelsidan keyingi o'zgarishini aytdi


“Barselona” futbolchisi Jerar Martin jamoaning g'alabali seriyasi haqida fikr bildirdi. Noyabr oyi oxirida kataloniyaliklar Chempionlar ligasida “Chelsi”ga yirik hisobda mag'lub bo'lgan edi — 0:3.

Shundan so'ng Ispaniya grandi barcha musobaqalarda ketma-ket yettita uchrashuvda g'alaba qozondi. “Ha, “Chelsi”dan uchralgan mag'lubiyat og'riqli bo'lgandi.

Tan olish kerak, u bizga yaxshiroq bo'lishga yordam berdi, rivojlanish va tinimsiz mehnatga turtki berdi. O'ylaymanki, hozir butunlay boshqa “Barselona”ni ko'ryapmiz”, — deya Martinning so'zlarini keltiradi BarcaTimes.

Yakshanba kuni “ko'k-anorranglilar” La Liganing safar o'yinida “Vilyarreal”ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Xans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa Ispaniya chempionatida peshqadam bo'lib turibdi va Madridning “Real” klubini 4 ochko ortda qoldirmoqda.

Barselona futbol klubi, Jerar Martin, Chempionlar ligasi, Ispaniya chempionati, La Liga
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing