
Italiya A Seriyasining 16-tur markaziy bahsida Turinning «Yuventus» klubi o‘z maydonida Rimning «Roma» jamoasini qabul qiladi. Ushbu to‘qnashuv haqida «Spartak»ning sobiq yarim himoyachisi va Rossiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Yegor Titov o‘z fikrini bildirdi.
Titovning ta’kidlashicha, «Roma» kam gol urmoqda, shu bilan birga deyarli gol ham o‘tkazmayapti. Ekspert ko‘p golli o‘yin bo‘lishiga ishonmasligini aytib, «umumiy gollar 2,5 dan kam» variantini tanladi.
«Yuventus» — «Roma» uchrashuvi bugun, 20 dekabr kuni Turin shahridagi stadionda bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi.
Bahs oldidan turinliklar turnir jadvalida beshinchi o‘rinda, rimliklar esa to‘rtinchi pog‘onada bormoqda.
Italiya A Seriyasi, Yuventus klubi, Roma jamoasi, Turin shahri, Turnir jadvali
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar