23:30 / 20.12.2025
4 396

Nunu Eshpiritu Santu "Siti"dan uchralgan mag‘lubiyatni tahlil qildi

Angliya Premer-ligasining navbatdagi tur uchrashuvida "Vest Hem" safarda "Manchester Siti"ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘yindan keyin londonliklar bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu uchrashuv haqida fikr bildirdi.

"Ikkinchi bo‘limni yaxshiroq o‘tkazdik, ayniqsa uning boshida. Birinchi bo‘lim esa unchalik yaxshi chiqmadi. Biz yomon boshladik, raqib tezda gol urdi va o‘yinni nazorat qildi. Ikkinchi bo‘lim yaxshiroq o‘tdi.

Biz rejalashtirgan narsalarni to‘liq amalga oshira olmadik. Shunday tez gol o‘tkazib yuborganingda hammasi murakkablashadi. Bu uchrashuvni diqqat bilan tahlil qilishimiz kerak", — dedi Eshpiritu Santu Sky Sports’ga.

Hozirda "Vest Hem" Premer-liga turnir jadvalida 18-o‘rinda bormoqda va quyi ligaga tushib ketish zonasida joylashgan.


Angliya Premer-ligasi, Vest Hem, Manchester Siti, Nunu Eshpiritu, Sky Sports
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing