21:56 / 20.12.2025
6 361
Real Madrid Kilian Mbappeni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Shanba, 20 dekabr kuni Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe tug'ilgan kunini nishonladi. Fransiya terma jamoasi forvardi 27 yoshga to'ldi.
Futbolchini "qirollik klubi" matbuot xizmati tabrikladi. Klub ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida "Tug'ilgan kuningiz bilan" degan qisqa tabrik e'lon qildi.
Mbappening "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. Hujumchining bozor qiymati 200 million yevroga baholanmoqda.
Joriy mavsumda Ispaniya chempionatida Mbappe 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing