05:42 / 20.12.2025
2 022

Barselona Hamza Abdelkarimni ijaraga olish bo'yicha taklif berdi


Barselona Misrning Al-Ahli klubida to'p surayotgan hujumchi Hamza Abdelkarimni safiga qo'shib olish ustida ishlamoqda. Sport xabariga ko'ra, kataloniyaliklar 17 yoshli iqtidor egasini sotib olish huquqi bilan ijaraga olish bo'yicha ilk taklifni yuborgan, biroq Qohira klubi uni rad etgan.

Al-Ahli rahbariyati istiqbolli forvardni sotishdan 5 million yevrodan ortiq mablag' ishlab olishni ko'zlamoqda. Abdelkarim Al-Ahlining asosiy jamoasi safida uch uchrashuvda maydonga tushgan.

Misrning 17 yoshgacha bo'lgan terma jamoasida esa 19 o'yinda 12 gol urib, 6 assist qayd etgan. Transfermarkt portali hozirda futbolchining qiymatini 100 ming yevroga baholamoqda.

Barselona, Al-Ahli, Hamza Abdelkarim, Misr terma jamoasi, Transfermarkt portali
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing