04:52 / 20.12.2025
1 854
Grishin Safonovning PSJdagi yangi rolini jarohat to'xtatganini aytdi

CSKA sobiq yarim himoyachisi Aleksandr Grishinning fikricha, Matvey Safonov jarohat olmaganida PSJning keyingi o'yinlarida asosiy darvozabonga aylanishi mumkin edi. Avvalroq shifokorlar FIFA Qit'alararo kubogi finalidan so'ng rossiyalik futbolchining chap qo'l kaft oldi suyaklarida sinish borligini aniqladi.
“Jarohat bo'lmaganida, Safonov hozir bemalol PSJning birinchi raqamli darvozaboni bo'lib olardi”, dedi Grishin “Match TV” efirida. Mutaxassis, endi fransuz matbuoti so'nggi to'rt uchrashuvda Safonov foydasiga asosiy tarkibdagi o'rnini boy bergan Lyuka Shevalyeni faol targ'ib qila boshlashini ham qayd etdi.
Grishin sinishni omadsizlik deb atadi. Safonov “Flamengo”ga qarshi o'yinda jarohat bilan penaltilar seriyasini yakunlagan va ketma-ket to'rtta zarbani qaytargan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar