06:38 / 20.12.2025
1 844

Endrikning Lionga ijarasi bo'yicha muzokaralar yakuniga yaqin


Madridning «Real» klubi hujumchisi Endrikning «Lion»ga ijara asosida o'tishi tobora yaqinlashmoqda. L'Equipe xabariga ko'ra, klublar bitimning barcha tafsilotlarini kelishib olish uchun yana muzokaralarni davom ettirmoqda.

19 yoshli futbolchi fransuz klubiga o'z roziligini bir oy avvaloq bildirgan. Braziliyalik hujumchi Paulu Fonseka qo'l ostidagi jamoada o'zini sinab ko'rishni istamoqda.

Endrik joriy mavsumda «Real» safida atigi uch marta maydonga tushdi. U ijara davrida muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lib, 2026 yilgi jahon chempionati oldidan Braziliya terma jamoasi tarkibiga qaytishni maqsad qilgan.

«Lion» Liga 1 turnir jadvalida 16 turdan so'ng 27 ochko bilan beshinchi o'rinda bormoqda.
Real klubi, Lion klubi, Braziliya terma, Jahon chempionati, Liga 1
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing