06:45 / 20.12.2025
1 930

Ardon Yashari: Rabio Milan o'yinini darhol o'zgartirdi


Yarim himoyachi Ardon Yashari o'tgan yozda «Milan» safiga qo'shildi. U jamoaga kelgan tajribali fransuz futbolchisi Adrien Rabiotdan o'rnak olishga urinayotganini aytdi.

Yasharining ta'kidlashicha, Rabiotning «Milan»ga kelishi ilk kunidanoq jamoa o'yiniga katta ta'sir ko'rsatgan. «Rabiot birinchi kundanoq jamoa o'yiniga ulkan ta'sir o'tkazdi.

U o'yinni qanday ko'rishi va o'qishi, qanday harakat qilishi — bularning barchasi juda yuqori daraja. Uni taqlid qilish oson emas, ammo men undan ham, yana bir buyuk chempion Luka Modrichdan ham o'rganishga harakat qilyapman», — dedi Yashari.

Iqtibos pianetamilan.it tomonidan keltirildi. Ayni paytda «Milan» chempionat turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.

Biroq jamoa Italiya Kubogi hamda Italiya Superkubogidan chiqib ketgan.
Ardon Yashari, Milan jamoasi, Adrien Rabiot, Luka Modrich, Italiya Kubogi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing