03:34 / 20.12.2025
1 596

Roy Kin Kobbi Maynuning akasi qilgan ishni tanqid qildi


“Manchester Yunayted”ning sobiq yarim himoyachisi Roy Kin Kobbi Maynu atrofidagi vaziyat haqida fikr bildirdi. Xabarlarga ko‘ra, futbolchi jamoani tark etishni istamoqda.

Maynuning akasi yaqinda klub o‘yiniga “Kobbi uchun erkinlik” degan yozuv tushirilgan futbolkada kelib, vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Kin bu harakatni keskin qoralab, Maynuning oilasiga nisbatan ham tanqidiy fikrlar bildirdi.

“Uning ahmoq ukasi shunday ish qilsa, endi biz uning yuziga ham qaray olmaymiz, chunki u yerda butun oila, ko‘rinishidan, ahmoqlardan iborat. O‘ylaymanki, uni ijaraga berishda muammo bo‘lmasligi kerak.

U “Manchester Yunayted”dagi o‘rnini mehnati bilan qo‘lga kiritishi va buni isbotlashi shart”, — deya Kinning so‘zlarini derbyderbyderby.it keltirdi. Kobbi Maynu 2022 yildan beri “Manchester Yunayted” safida to‘p surmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing