03:58 / 20.12.2025
1 764

Pisaryov Safonovning PSJ safidagi final o'yinini baholadi


Rossiya terma jamoasi murabbiyi Nikolay Pisaryov PSJ darvozaboni Matvey Safonovning Braziliyaning “Flamengo” klubiga qarshi Qit'alararo kubok finalidagi o'yini haqida fikr bildirdi. Pisaryovning ta'kidlashicha, Safonovning chiqishi chinakam istisno holat bo'lgan.

Uning so'zlariga ko'ra, vaziyatning o'ziga xosligi shundaki, darvozabon jarohat olganiga qaramay penaltilarni qaytarishda davom etgan. “U ikki penaltini siniq bilan turib qaytargani — noyob holat.

Enrike unga dam berish kerakligini aytganidan hayratdaman. Shu finaldan keyin men uchun bosh og'riq bo'lardi: darvozaga ilk daqiqalardan Safonovnimi yoki Shevalyeni qo'yish kerak?” — dedi Pisaryov “Match TV” efirida.

Joriy mavsumda Safonov PSJ safida to'rt uchrashuvda maydonga tushdi, shulardan ikkitasida darvozasi daxlsiz qoldi. 19 dekabr kuni PSJ Matvey jarohati sabab bir necha hafta o'yinlarni o'tkazib yuborishini ma'lum qildi.

Rossiya terma jamoasi, Nikolay Pisaryov, Matvey Safonov, Qit'alararo kubok, PSJ darvozaboni
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing