06:13 / 15.12.2025
2 081

Amorim: Maynu o'zi kelib gaplashsa, xursand bo'laman


“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim Kobbi Maynuning joriy mavsumda kam o'yin amaliyoti olayotgani haqidagi navbatdagi savolga javob berdi. 20 yoshli yarim himoyachi “qizil iblislar” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

U maydonda kam ko'rinayotgani uchun portugaliyalik mutaxassis tez-tez tanqid qilinmoqda. Amorimning aytishicha, asosiy muammo natijalarga borib taqaladi: “Muammo shundaki, biz yutmayapmiz.

Agar doimiy g'alabalar bo'lganida, men stadionga otda ham kelishim, ikki himoyachi bilan ham o'ynashim mumkin edi va hech qanday e'tiroz bo'lmasdi. Hammasi mashg'ulotlardagi ish va ko'rsatilgan saviyaga bog'liq.

Maynuning bevosita raqobatchisi Bruno Fernandesh, uni asosiy tarkibdan siqib chiqarish oson emas”. Mutaxassis futbolchi istasa, vaziyatni shaxsan muhokama qilishi mumkinligini ham ta'kidladi: “Kobbi yonimga kelib, holatni gaplashib olishi mumkin.

Men unga aniq nima derdim, buni oshkor qilmayman, ammo u o'zi kelib men bilan gaplashishga qaror qilsa, xursand bo'laman. Men barcha futbolchilarim baxtli bo'lishini xohlayman va har birining shaxsiy maqsadlari borligini tushunaman”, deya Amorimning so'zlarini UtdReport keltirdi.

Ko'plab mish-mishlarga ko'ra, Kobbi Maynu yanvar oyida ijara asosida boshqa klubga o'tishni istamoqda.
Manchester Yunayted, Ruben Amorim, Kobbi Maynu, Bruno Fernandesh, Portugaliyalik mutaxassis
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing