01:11 / 20.12.2025
1 604
Krishtianu Ronaldu saunadan keyingi suratini e'lon qildi

Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida saunaga borganini ma'lum qildi. Portugaliyalik hujumchi mashg'ulotdan keyin olingan suratni ham ulashdi.
Kadrdan ko'rinib turibdiki, 40 yoshli, besh karra «Oltin to'p» sohibi hanuz a'lo sport formasida. Ronaldu yozda «Al-Nasr» bilan shartnomasini 2027 yil o'rtalarigacha uzaytirgan.
Transfermarkt portali mutaxassislari uni 12 million yevroga baholamoqda. Kelasi yozda Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida jahon chempionatida ishtirok etishi kutilmoqda.
Musobaqa AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.
Krishtianu Ronaldu, Portugaliya terma jamoasi, Jahon chempionati, Transfermarkt portali, Sport formasida
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing