15:30 / 19.12.2025
1 558

Wiz Khalifa Ruminiyada 9 oyga qamaldi

Ruminiyaning Konstansa apellyatsiya sudi amerikalik reper Wiz Khalifa’ni giyohvand modda – marixuana saqlash va jamoat joyida iste’mol qilish ayblovi bilan 9 oy qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Ushbu voqea 2024 yil iyul oyida "Beach, Please!" musiqiy festivali davomida sodir bo‘lgan. Sud avvaliga reperga 829 dollar jarima belgilagan edi, biroq bu jazo haddan tashqari yengil deb topilib, qamoq jazosi bilan almashtirildi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Wiz Khalifa yonida 18 grammdan ortiq kannabis mavjud bo‘lgan va uning sahnadagi harakati yosh tomoshabinlar orasida noqonuniy xatti-harakatlarni "oddiy hol" sifatida ko‘rsatgan.

 "Menga juda hurmat bilan munosabatda bo‘lishdi va meni qo‘yib yuborishdi. Tez orada yana qaytaman, lekin bu safar ulkan marixuana sigaretisiz," – dedi san’atkor ushbu holat yuzasidan izoh berar ekan. Biroq hukmga qaramay, Wiz Khalifa’ni AQSHdan ekstraditsiya qilish ehtimoli juda past.

Mutaxassislarning fikricha, Ruminiya AQSH hukumatiga rasmiy so‘rov yuborishi mumkin, ammo ikki davlatda marixuana qonunchiligi o‘rtasidagi farqlar sababli san’atkorning berilishi deyarli imkonsiz hisoblanadi.


Wiz Khalifa, Ruminiya sudi, Giyohvand moddalar, Musiqiy festival, Marixuana qonunchiligi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing