YouTube sun'iy intellekt treylerlari uchun kanallarni blokladi

YouTube platformasi Screen Culture va KH Studio kabi yirik kanallarni blokladi. Ushbu kanallarda sun'iy intellekt yordamida yaratilgan filmlar va seriallar treylerlari e'lon qilingan edi.
Bu haqda DTF portali xabar berdi. Avvalroq Deadline nashrida e'lon qilingan ma'lumotlarga ko'ra, har ikki kanalning umumiy obunachilari soni ikki milliondan oshgan.
Materialda qayd etilishicha, Warner Bros. Discovery va Sony kabi ayrim Gollivud studiyalari ushbu roliklardan reklama daromadining bir qismini olgan va ularning tarqatilishiga qarshi bo'lmagan.
YouTube dastlab ushbu kanallarni monetizatsiyadan vaqtincha chetlatgan, biroq "muhlislar treyleri" va "parodiya" belgilari qo'shilgach, monetizatsiya qayta tiklangan edi. Biroq bir necha oydan so'ng bu belgilarning yo'qolgani kuzatilgan.
Deadline nashrining keyingi xabariga ko'ra, bloklash qarori YouTube'ning spam va noto'g'ri ma'lumot beruvchi metama'lumotlarga oid qoidalarini buzish bilan bog'liq. Screen Culture va KH Studio kanallarining egalari mazkur holat yuzasidan izoh bermagan.
YouTube platformasi, Screen Culture, KH Studio, Sun'iy intellekt, Gollivud studiyalari