15:18 / 19.12.2025
1 585

O‘zbekistonda yapon modeli asosida SEZ tashkil etiladi


JICA agentligi yapon modeli va standartlari asosida maxsus iqtisodiy zona (SEZ) tashkil etishga ko‘maklashadi. Bu tashabbus davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaning biznes vakillari bilan uchrashuvida muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Yaponiya tadbirkorlarini O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish, sanoatlashtirish va eksport salohiyatini rivojlantirish ishlarida ishtirok etishga taklif qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Yaponiya kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi.

Energetika barqarorligini rivojlantirish va “yashil” energetikaga o‘tish rejalar qatorida muhim masala sifatida qayd etildi. Shuningdek, strategik ahamiyatga ega foydali qazilmalarni chuqur qayta ishlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Toshkent va Tokio uchun istiqbolli yo‘nalishlar sifatida mashinasozlik, sanoat uskunalari ishlab chiqarish hamda yuqori texnologiyali iqtisodiyotni rivojlantirish ko‘rsatib o‘tildi. Davlat rahbari uchrashuv yakunida Toshkent Tokio bilan nafaqat investor sifatida, balki kelajak sanoatini yaratishda strategik hamkor sifatida ishlash istagini bildirdi.

O‘z navbatida, Yaponiya biznes doira vakillari O‘zbekistonda o‘z faoliyatlarini kengaytirish niyatlarini bildirishdi va ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalari haqida so‘zlab berishdi.


Shavkat Mirziyoyev, Yaponiya biznesi, O‘zbekiston iqtisodiyoti, Toshkent Tokio, Yashil energetika
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing