03:15 / 19.12.2025
8 418
Rabyo: «Milan» mag'lubiyatiga hakamlar emas, o'zimiz aybdormiz

«Milan» yarim himoyachisi Adrien Rabyo Italiya Superkubogi yarim finalida «Napoli»ga qarshi o'yindagi (0:2) mag'lubiyat yuzasidan fikr bildirdi. Uchrashuvda «rossonerilar» har ikki taymda bittadan gol o'tkazib yubordi.
«Napoli» safida David Neres va Rasmus Xoylund gol urdi. «Biz avvalgi ixchamligimizni qaytarishimiz kerak — so'nggi paytlarda bu jihat yetishmayapti.
Himoyadagi o'yin ko'ngildagidek emas, hujumda esa vaziyatlardan yaxshiroq foydalanishimiz zarur. Biz xotirjamlikni saqlashimiz kerak.
Albatta, bu og'riqli, chunki sovrin uchun kurashmoqchi edik. Biroq A Seriyada ishlarimiz hanuz yaxshi», — dedi Rabyo.
U futbolchilar yutqazishni hakamlar faoliyati bilan izohlash noto'g'ri ekanini ta'kidladi: «Bugun biz hakamlik sabab yutqazmadik — ayb o'zimizda. Ancha yaxshi o'ynashimiz mumkin edi, ammo uddalay olmadik.
Bunday holatlar bo'lib turadi, bu dunyoning oxiri emas». 28 dekabr kuni «Milan» A Seriya doirasida o'z maydonida «Verona»ni qabul qiladi.
Adrien Rabyo, Italiya Superkubogi, Milan klubi, Napoli jamoasi, A Seriya
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fabio Kannavaro futboli haqida 5 mulohaza
Napoli Italiya Superkubogi finaliga Milan ustidan o'tib chiqdi
Ro‘ziqul Berdiyev Elit OCHLda «Traktor»ga qarshi o‘yin haqida nimalar dedi?
Kelajakni o‘zgartiruvchi sun’iy idrok: uning insoniyatga foyda-ziyoni nimada?
1000 o'yin va 39 sovrin: Gvardiola afsonasi