02:02 / 19.12.2025
2 542

Troy Dini Ugo Ekitikeni Holandga raqib bo'ladi dedi


Taniqli ingliz futbolchisi Troy Dini «Liverpul» hujumchisi Ugo Ekitike haqida fikr bildirdi. Sobiq «Uotford» futbolchisining aytishicha, fransiyalik forvard o‘tgan yoz «qizillar» tomonidan juda katta summa evaziga transfer qilinganiga qaramay, ko‘pchilik uni yetarlicha baholamayapti.

«Ekitike APLdagi eng kam baholanayotgan hujumchi. Kelajakda u to‘purarlar poygasida Erlin Holandga munosib raqobat ko‘rsata oladi.

Bu yigit juda kuchli», deya Dini so‘zlarini ingliz OAV keltirdi. «Liverpul» Ugo Ekitikeni «Ayntraxt»dan 95 million yevroga sotib olgan.

23 yoshli hujumchi Angliya chempionatining joriy mavsumida 15 o‘yinda 7 ta gol urdi.
Troy Dini, Ugo Ekitike, Liverpul klubi, Angliya chempionati, Fransiyalik forvard
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing