23:22 / 18.12.2025
9 941

Barboza Safonovning Shevalyedan ustun jihatlarini aytdi


Mashhur futbol agenti Pauzu Barboza PSJ darvozabonlari Matvey Safonov va Lyuka Shevalyeni taqqosladi. So'nggi to'rtta uchrashuvda parijliklar safida aynan Safonov maydonga tushdi, holbuki u mavsumni ikkinchi raqamli darvozabon sifatida boshlagandi.

Rossiyalik posbon raqibining jarohatidan keyin ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'ldi va Shevalye safga qaytgach ham asosiy tarkibdan tushib qolmadi. Barbozaning ta'kidlashicha, ikkisi ham kuchli darvozabon, biroq Safonov o'yinda ishonchliroq harakat qiladi va texnik ko'nikmalari yaxshiroq rivojlangan.

Agent misol tariqasida uning oyoqda o'ynashi kuchli ekanini, jarima zarbalari paytida to'g'ri pozitsiya tanlay olishini hamda 11 metrlik jarima zarbasini qaytarish qobiliyati alohida mahorat talab qilishini qayd etdi. Bu haqda Barbozaning so'zlarini RB Sport keltirdi.

Eslatib o'tamiz, chorshanba kuni kechqurun Matvey Safonov Qit'alararo kubok finalida qahramonga aylandi. U o'yindan keyingi penaltilar seriyasida to'rtta zarbani qaytardi va PSJ sovrin uchun bahsda "Flamengo"ni mag'lub etdi.

Matvey Safonov 2024 yil yozidan buyon PSJ sharafini himoya qilib keladi.
Matvey Safonov, Pauzu Barboza, PSJ darvozaboni, Qit'alararo kubok, Flamengo jamoasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing